«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Uch oyda Rossiyadan O‘zbekistonga qariyb 1,5 mlrd dollar yuborilgan

Joriy yilning uchinchi choragida Rossiyadan eng ko‘p O‘zbekistonga pul jo‘natildi. Mahalliy OAV Rossiya Markaziy bankining ma’lumotiga asosan shundan xabar bermoqda.

2019 yilning uchinchi choragidagi jo‘natmalar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga kam bo‘lgan. Iyul-sentyabr oylarida Rossiyadan chet davlatlarga jami 10,796 mlrd dollar pul jo‘natilgan. Shundan 3,8 mlrd dollari MDH davlatlariga, qolgani boshqa mamlakatlarga yuborilgan.

Rossiyadan O‘zbekistonga 3 oy davomida 1,46 mlrd dollar yuborilgan va bu davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich. Undan keyin eng ko‘p jo‘natmalar Shveysariya (1,1 mlrd dollar), AQSH (904 mln dollar), Tojikiston (830 mln dollar) va Buyuk Britaniyaga (556 mln dollar) yuborilgan.

Shu vaqt oralig‘ida boshqa davlatlardan Rossiyaga 6,59 mlrd dollar pul yuborilgan. 

Manba: Qalampir.uz

Comments are closed.