«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

TIV Aqto‘beda 50 nafar o‘zbekistonlik buzilib qolgan avtobusdan evakuatsiya qilinganini tasdiqladi

Qozog‘istonning Aqtau shahridagi bosh konsulxona joriy yil 14-dekabr kuni Samara—Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqto‘be viloyati, Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, tuman yo‘l-patrul xizmati yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish, ularni issiq ovqat bilan ta’minlash va avtobusni ta’mirlashda yordam ko‘rsatdi. Avtobus esa ta’mirdan keyin harakatni davom ettirgan.

“TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi”, — deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz

Comments are closed.