«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Dunyodagi eng qudratli davlatlar reytingi tuzildi

«U.S.News» jurnali dunyodagi eng qudratli davlatlar ro‘yxatini chop etdi.

Uni tuzishda yalpi ichki mahsulot (YaIM), aholi soni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ko‘rsatkichlari hisobga olindi.

Jurnalistlarning fikricha, «dunyodagi eng qudratli davlatlar yangiliklar sarlavhalarida muntazam yetakchilik qiladi, siyosiy maydonda ko‘proq ta’sirga ega va global iqtisodiy modellarni shakllantirishda hal qiluvchi o‘ringa ega».

AQSh, Rossiya, Xitoy ro‘yxatni boshlab berdi. Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva dunyo bo‘yicha ta’siri eng kam bo‘lgan davlatlar deb topildi.

DavlatYaIM (dollar)AholiAJB YaIM
1AQSh19,4 trln325,7 mln59,792
2Rossiya1,6 trln144,5 mln27,893
3Xitoy12,2 trln1,4 mlrd16,696
4Germaniya3,7 trln82,7 mln50,804
5Buyuk Britaniya2,6 trln66 mln44,292
6Fransiya2,6 trln67,1 mln44,081
7Yaponiya4,9 trln126,8 mln42,942
8Isroil350,9 mlrd8,7 mln36,405
9Saudiya Arabistoni683,8 mlrd32,9 mln54,532
10Janubiy Koreya1,5 trln51,5 mln39,548

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.