«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bangladeshda fabrikadagi yong‘in 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Bangladeshning markaziy qismida ventilyatorlar ishlab chiqaruvchi fabrikada yuz bergan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Dhakka Tribune nashri xabar berdi. 

O‘t o‘chirish xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in poytaxt Daqqa yaqinidagi Luxury Fan fabrikasining 3 qavatli binosida chiqqan. Yong‘in soat 17.30da boshlangan, o‘t o‘chiruvchilarga uni o‘chirish uchun 2 soat talab etilgan.

Mahalliy hokimiyatda ta’kidlanishicha, yong‘in vaqtida korxonada 70-80 ishchi bo‘lgan, ulardan 19 nafari tomdagi alohida xonada ishlagan.

“Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘ldi, 9 kishi tirik qoldi”, deb ma’lum qilingan mahalliy hokimiyatda.

Omon qolgan ishchilarning ta’kidlashicha, yong‘in sayqallash materiallari alangalangandan keyin boshlangan.

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.