«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchining nomi ma’lum bo‘ldi

«Forbes» jurnali 2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar reytingini chop etdi.

Ro‘yxatni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi boshqarmoqda. Argentinalikning 2019-yilgi daromadi ​​127 million dollarga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (109 million dollar), uchinchi o‘rinni PSJ forvardi Neymar (105 million dollar) egalladi.

Messi tarixda ilk bor mazkur reytingga yetakchilik qilmoqda.

Ko‘rsatilgan qiymatga sportchining maoshi, mukofot pullari, bonus va homiylik shartnomalaridan tushgan daromadlari kiradi.

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.