«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

YeChL. «Atalanta» pley-offga chiqdi, «Manchester Siti» yirik hisobda g‘alaba qozondi

S guruhida Chempionlar Ligasining so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi. 

Muddatidan avval birinchi o‘rin masalasini hal qilgan «Manchester Siti» Xorvatiyada «Dinamo» Zagreb mehmoni bo‘lib, Gabriel Jyezusning xet-trigi va Fodenning goli evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi. «Shaxtyor» esa o‘z uyida «Atalanta»ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Natijada Bergamo klubi guruhdan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda 1/8 finalga chiqdi. «Shaxtyor» esa uchinchi o‘rin bilan Yevropa Ligasiga yo‘l oladigan bo‘ldi.

YeChL, 6-tur, 11 dekabr

S guruhi

Dinamo Zagreb – Manchester Siti 1:4
Gollar: Olmo (10) – Jyezus (34, 50, 54), Foden (88).
Dinamo Zagreb: Livakovich, Ademi, Olmo, Goyak (Mayyer, 81), Mubanjye, Petkovich, Moro, Stoyanovich, Dilaver, Kadzior (Gira, 59), Orshich (Hayrovich, 81).
Manchester Siti: Bravo, Mendi, Otamendi (Harvud-Bellis, 82), Garsiya, Kanselu, Rodrigo (Sterling, 73), Gyundogan, Foden, Marez, Bernardu, Jyezus (Zinchenko, 67).
Ogohlantirish: Ademi (34).

Shaxtyor – Atalanta 0:3
Gollar: Kastan (68), Pashalich (80), Gozens (90+4).
Shaxtyor: Pyatov, Ismaili, Matviyenko, Krivsov, Dodo, Kovalenko (Solomon, 71), Stepanenko, Patrik, Tayson, Tete (Marlos, 59), Morayes.
Atalanta: Gollini, Jimsiti, Gozens, Kastan, Maziyello (Malinovskiy, 61), Palomino, Gomes (Hatebur, 90), Froyler, de Ron, Pashalich, Murel (Ibanes, 71).
Ogohlantirishlar: Murel (23), Patrik (50), Dodo (63), Froyler (74), Hatebur (90+1).
Chetlatish: Dodo (77).

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.