«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

YChL. “Bavariya” Mourinyo jamoasini tor-mor qildi, “Real” va “Yuventus”da ham g‘alaba (video)

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruhlarda oxirgi tur bahslari 11-dekabr, chorshanba kuni yakuniga yetdi.

“A” guruhidan o‘rin olgan bahsda Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi mehmonda “Bryugge”ga qarshi maydonga tushdi.

To‘qnashuv davomida “Qirollik klubi” a’zolari Rodrigo Goes (53), Vinisius Junior (64) hamda Luka Modrich (90) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mezbonlardan Xans Vanaken (55) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Madrid klubi safarda “Bryugge”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, “Real” 11 ochko yig‘ib, “A” guruhida 2-o‘rinni egallagan holda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Bryugge” esa 3 ochko bilan 3-o‘rindan joy oldi.

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.