«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yangi yil bayrami arafasida Toshkentdan Urganch va Moskvaga qo‘shimcha poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlarida yo‘lovchi poyezdlariga bo‘lgan katta talabni hisobga olgan holda, Toshkentdan Urganchga va Rossiya poytaxti Moskvaga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, joriy yilning 16-dekabridan 2020-yilning 7-yanvariga qadar “Toshkent—Urganch—Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, joriy yilning 14-dekabridan 2020-yilning 11-yanvariga qadar “Toshkent—Moskva—Toshkent” yo‘nalishidagi poyezdning qo‘shimcha qatnovi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarda oldindan sotib olish muddatiga bog‘liq ravishda chipta narxining 55 foizigacha chegirma taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, chipta sotib olishda imtiyozlardan foydalanish uchun xaridni temiryo‘l kassalarida amalga oshirish kerak. Elektron chiptalar uchun chegirmalar qo‘llanilmaydi.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2019-yilning 31-dekabridan 2020-yilning 2-yanvariga qadar mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etgani haqida xabar berilgan edi. Uzbekistan Airways esa 2019-yilning 31-dekabridan 2020-yilning 2-yanvariga qadar Yangi yil bayrami nishonlanadigan muddatga respublika ichidagi aviaqatnovlar uchun chegirmalar e’lon qilgan edi.

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.