«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentdan Urumchiga parvoz qilgan samolyot noqulay ob-havo sabab ortga qaytarildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ob-havo sharoiti yomonlashgani sabab Toshkentdan Urumchiga parvoz qilgan samolyot aeroportga qaytayotganini ma’lum qildi.

“HY-507 qatnovini kuzatuvchilar va HY 508 qatnovini kutib oluvchilar uchun ma’lumot!

Urumchi aeroportida ob-havo sharoitlari yomonlashgani sababli hozirgi vaqtda A-320 havo kemasi Toshkent aeroportiga qaytmoqda. “Toshkent—Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha takroriy parvozning kuni va vaqti haqida ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati samolyotning aeroportga qaytishi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulaylikar uchun fuqarolardan uzr so‘raydi.

Avvalroq Toshkentdan Namanganga uchayotgan samolyot yo‘lovchilari bilan ertalabdan beri sababsiz ushlab turilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi bunga ob-havo noqulayligi sabab bo‘lganini bildirgan.

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.