«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkent—Samarqand, Toshkent—Andijon pullik avtomobil yo‘llari quriladi

“Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat matni qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirildi.

2020—2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, Sirdaryo—Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi hamda Toshkent—Samarqand, Toshkent—Andijon pullik avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo—Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash 2021-yil yanvar oyiga belgilangan.

Toshkent—Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash 2021-yil may oyiga belgilangan.

Toshkent—Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash 2021-yil aprel oyiga belgilangan.

Bu qurilishlar uchun Jahon banki va YeTTB bilan kelishuv tuziladi.

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.