«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qirg‘izistondagi ko‘mir konida 4 kishi is gazidan halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi ko‘mir konida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS axborot agentligiga respublika favqulodda vaziyatlar vazirligida ma’lum qilingan.

“Botken viloyatining Laylak tumanidagi ko‘mir konlaridan birida 4 mahalliy fuqaro halok bo‘ldi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, fojia tashlandiq konda yuz bergan. Odamlarning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olingan.

Ayni vaqtda voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.