«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Qamchiq” va “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tunnel quriladi

“Qamchiq” va “Taxtaqoracha” dovonida yangi pulli tunnel qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

2020—2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da qayd etilishicha, “Qamchiq” dovonida tunnel qurish bo‘yicha tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash 2022-yil martga, “Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish bo‘yicha tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash 2021-yil may oyiga belgilangan.

Bu qurilishlar uchun Jahon banki bilan kelishuv tuziladi.

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.