«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

DXX harbiy xizmatchilari shaxslarga nisbatan jismoniy kuch ishlata oladimi?

DXX harbiy xizmatchilari shaxslarga nisbatan qanday holatlarda jismoniy kuch ishlata olishi haqida Sarhad.uz’da ma’lumot berib o‘tildi.

Unga ko‘ra, DXX harbiy xizmatchisi quyidagi hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi:

jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishda;

jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni olib borish va ushlab turishda;

DXX harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etishda.

Ushbu holatlarda DXX to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasi asos bo‘ladi.

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.