«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Didye Desham Fransiya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jamoa boshqaruvida 2022-yilga qadar qoladigan bo‘ldi.

51 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Avvaligi shartnoma 2020-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi.

Desham Fransiya terma jamoasini 2012-yildan buyon boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida jamoa Yevro—2016 musobaqasida finalga qadar yetib borgan va Rossiyada o‘tgan 2018-yilgi Jahon Chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Yangi kelishuvga ko‘ra Desham Fransiya bilan JCh—2022 oxiriga qadar qoladi.

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.