«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AQShning Afg‘onistondagi harbiy bazasi yaqinida portlash yuz berdi

Afg‘onistonning Bagram uyezdida joylashgan AQSh aviabazasi yaqinida portlovchi qurilma joylashtirilgan avtomobil portladi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida jabrlanganlar bor.

Qayd etilishicha, portlash sodir bo‘lgan joy yaqinida shuningdek, kasalxona va maktab ham joylashgan.

Agentlik dastlab hujumdan maqsad NATO konvoyi bo‘lganini xabar qilgandi. Keyinroq bu xabar rad etildi.

O‘z navbatida Tolo News telekanali portlashdan so‘ng xorijlik harbiylar va hujum qilganlar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganini xabar qilmoqda.

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.