«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AQShda saudiyalik kursantlar parvoz tayyorgarligi mashg‘ulotlaridan chetlatildi

AQSh mutasaddi idoralari harbiy aviatsiyani o‘rganuvchi 300 dan ko‘proq saudiyalik kursant uchun parvoz tayyorgarligi mashg‘ulotlarini to‘xtatdi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, AQSh harbiy-dengiz kuchlariga saudiyalik talabalarga AQShning uchta harbiy-dengiz bazasida parvozlarni taqiqlash haqida buyruq berilgan. Taqiqlov Uyating-Fild bazasida tayyorgarlikdan o‘tayotgan 35 talabaga, Meyport bazasidagi 128 talabaga va Pensakola bazasidagi 140 talabaga nisbatan qiritilgan. 

AQSh HDK qo‘mondoni Kley Doss ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu chora 6 dekabrda Floridadagi harbiy bazada yuz bergan otishmadan keyin saudiyalik talabalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan.   

6 dekabrda AQSh XDKning Floridadagi bazasida o‘qiyotgan saudiyalik harbiy Muhammad Said al-Shamraniy otishma uyushtirgan. Oqibatda 4 kishi, jumladan al-Shamraniyning o‘zi halok bo‘lgan, 8 kishi yaralangan. 

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayyen hujum terakt bo‘lishi mumkinligini aytgan. 

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.