«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Afg‘onistonda janozadan so‘ng oqsoqollarni o‘g‘irlab ketishdi

Jangarilar Afg‘oniston shimolida olti nafar oqsoqolni olib qochishdi, deya xabar beradi «1TV» telekanali.

Telekanalning ma’lum qilishicha, hodisa seshanba kuni kunduzi oqsoqollar Balx viloyatidan qo‘shni Juzjon viloyatiga dafn marosimiga ketayotganida sodir bo‘lgan. Viloyat boshqaruvi vakilining so‘zlariga ko‘ra, olib qochilganlarni qutqarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. U bunda «Tolibon»ning qo‘li borligini aytgan.

Avvalroq «Pajvak» agentligining xabariga ko‘ra, tolibonlar Juzjon viloyatidan 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishgandi. Fayzobod yetakchisining aytishicha, jangarilar oqsoqollarni dafn marosimining o‘zida o‘g‘irlab ketishgan.

Afg‘onistonda hukumat qurolli kuchlari va «Tolibon» harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Mamlakat hududida «IShID» ta’siri kuchaygan. Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik milliy kuchlari terrorizmga qarshi kurashda birgalikda operatsiyalar o‘tkazmoqda.

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.