«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Oksana Chusovitina XOQ komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin

O‘zbekistonlik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasining atletlar komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin.

Chusovitina bilan birga ushbu komissiyaga a’zolik uchun turli davlatlardan yana 29 nomzod taklif qilingan. Ulardan faqat 4 nafarigina XOQ a’zolari bo‘la oladi. XOQ prezidenti Tomas Baxning ta’kidlashicha, komissiya tarkibiga kiritiladigan nomzodlar Tokio Olimpiadasining oxirgi kuni e’lon qilinadi.

Oksana Chusovitina ushbu yangilikka izoh berib, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va XOQga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirgan.

“Qadrdonlarim, siz bilan bu ajoyib yangilikni bo‘lishmoqchiman. Bugun men XOQdan atletlar komissiyasi tarkibiga nomzodlardan biri sifatida tanlanganim haqida maktub oldim. Men O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va XOQga nomzodim tanlangani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”, degan sportchi.

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.