«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bozorlar – farovonlik ko‘zgusi

Mamlakatimizda yangidan yangi savdo majmualari, bozorlar qurish, mavjudlarini kengaytirish, sotuvchi va xaridorlarga qulay shart-sharoit yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida ham muayyan ishlar bajarilmoqda. Xususan, Chiroqchi “Dehqon oziq-ovqat bozori”da shaharsozlik norma va qoidalari asosida bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Dehqon bozor hududida 34 ta savdo do‘koni barpo etilgan. Jumladan choyxona, go‘sht va sut mahsulotlari pavilonlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sotishga ixtisoslashtirilgan savdo ayvoni va boshqa bir qator ob’ektlar qad ko‘targan.

Ma’mura ERGASHOVA,
o‘z muxbirimiz.

Comments are closed.