«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shimoliy Makedoniya NATOga qabul qilindi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Makedoniyaning NATOga qabul qilinganini ma’lum qildi. U bu haqda tvitterda yozdi. 

Pompeoning ta’kidlashicha, AQShda Shimoliy Makedoniyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi bayonnoma tasdiqlanishi jarayoni yakunlandi. 

“AQSh tomonidan Shimoliy Makedoniyaning NATOga kirishi bayonnomasi ratifikatsiya qilinganini e’lon qilishdan xursandman”, deb yozgan Pompeo. 

Shu tariqa, mamlakat NATOning 30-a’zosiga aylandi.

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.