«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi 50 nafar yo‘lovchini qutqarib qoldi

Joriy yilning 1 dekabr kuni peterburgliklar ijtimoiy tarmoqlarga Primorskiy yo‘lidan olingan qo‘rqinchli tasvirlarni joylashtirdilar. «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi «DTP i ChP Sankt-Peterburg» guruhida e’lon qilingan videoda yo‘lovchi avtobusi yonayotgani aks etgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, salonda 50ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Ellik kishi transport vositasidan vaqtida chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Spbdnevnik.ru saytiga ko‘ra, ular haydovchining harakatlari tufayli omon qolgan. O‘zbekistonlik 43 yoshli erkak kun qahramoniga aylandi, u korxonada uch yildan buyon ishlaydi, deb aytib o‘tishgan «Tretiy park» OAJ matbuot xizmatidan. «PD» suhbatdoshi voqealar xronologiyasini tikladi.

Qayd etilishicha, 211-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchisi «Chernaya rechka» metro bekatidan soat 11:40lar atrofida yo‘lga chiqqan, soat 12lar atrofida esa u avtobusning orqasida qora tutun paydo bo‘lganini ko‘rgan. Erkak «Baltiyets» mehmonxonasi yonida to‘xtab, birdaniga uchta eshikni ochib yuborgan hamda va evakuatsiya haqida e’lon qilgan.

«Haydovchi avtobusda yuzaga kelgan yong‘inni uchta o‘t o‘chirgich bilan bir o‘zi o‘chirmoqchi bo‘ldi. Afsuski, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, agar avtobus yonishni boshlasa, unda uni o‘t o‘chirgichlar bilan bartaraf etish deyarli mumkin emas. Bu tasdiqlangan», — deya tushuntirishgan matbuot xizmatida.

«Tretiy park» OAJdan «PD»ga tasdiqlashlaricha, favqulodda vaziyat oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtobusdan chiqib ketgan yo‘lovchilar keyingi avtobusga chiqishdi.

Voqea joyiga yetib kelgan FVV xodimlari haydovchiga yong‘inni bartaraf etishda yordam berishdi. Qutqaruvchilar tezda yong‘inni o‘chirgani aytiladi.

YHXBning Sankt-Peterburg va Leningrad oblasti bo‘yicha boshqarmasining tashviqot bo‘limi ushbu voqea yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini ta’kidladi. Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa sabablarini aniqlashi bildirilgan. 

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.