«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Burkina-Fasoda cherkovga uyushtirilgan hujum oqibatida14 kishi halok bo‘ldi

G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Faso davlatining sharqiy qismida joylashgan cherkovga ibodat chog‘i uyushtirilgan hujum oqibatida 14 kishi otib o‘ldirildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qurbonlar orasida o‘smirlar ham bo‘lgan. Jangarilarning shaxsi hozircha aniqlangani yo‘q.

Hujum Futuri qishlog‘ida amalga oshirilgan. Ushbu qishloq joylashgan mintaqa notinch hisoblanadi va tez-tez bunday hodisalar yuz beradi.

Ma’lumot uchun, Burkina-Fasodagi Salmossi qishlog‘ida 11-oktabr kuni masjidga hujum uyushtirilgan va 16 kishi o‘ldirilgandi.

Manbaa: Daryo.uz


Comments are closed.