«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Bunyodkor” darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunladi

«Bunyodkor» klubining darvozaboni  futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda toshkentliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» — «So‘g‘diyona» bahsi 36 yoshli darvozabon uchun faoliyatidagi so‘nggi o‘yinga aylandi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil bahorida «Bunyodkor» futbol klubi rahnamoligida Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Zuhurov «qaldirg‘ochlar»dan tashqari «Do‘stlik», «Metallurg», «Navbahor» va «Nasaf» klublarida ham faoliyat yuritgan. U shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.

Manbaa: Qalampir.uz

Comments are closed.