«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qirolicha Yelizaveta II taxtdan voz kechadimi?

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bir yarim yildan so‘ng taxtdan voz kechib, uni o‘g‘li Charlzga topshirishi mumkin, deb yozadi «The Sun».

Qirolicha 18 oydan so‘ng 95 yoshga to‘lishi munosabati bilan Britaniya taxtidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, u allaqachon o‘z vakolatlarini norasmiy ravishda o‘g‘liga topshira boshlagan.

Buni marosimlarda ko‘pincha o‘zi emas, Charlz qatnashayotganidan ham payqash mumkin. Garchi qirolicha oldingiday ayrim marosimlarni o‘zi o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, ishtirok etishni ancha kamaytirgan. Ko‘pincha Vindzor saroyidan chiqmayapti. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, u 2016-yilda 332 ta, 2018-yilda 282 ta tadbirda qatnashgan. Charlz esa 507 ta tadbirda bo‘lgan.

Biroq taxtning topshirilgani rasman e’lon qilinmadi.

Ta’kidlash joiz, Yelizaveta II 1952-yildan beri Britaniya qirolichasi hisoblanadi.

Manba: Xabar.uz

Comments are closed.