«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AQShda neft zavodidagi portlash sababli 60 ming kishi evakuatsiya qilinadi

AQShning Texas shtatidagi TPC Group neft-kimyo zavodida 28 noyabrga o‘tar kechasi ikkita portlash yuz berdi. Ikkinchi kuchli portlashdan keyin atrofdagi aholi punktlarining majburiy evakuatsiyasi e’lon qilindi. Bu haqda 12 News telekanali xabar berdi.

Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining tvitterdagi sahifasida Jyefferson okrugida joylashgan zavoddagi ikkinchi portlash suratlari va videosi joylashtirilgan.

Birinchi portlashdan keyin zavoddan bir necha kilometr uzoqlikdagi ba’zi uylarning oynasi singan. Kompaniyada ta’kidlanishicha, portlashlar neft-kimyo qurilmasi ishi bilan bog‘langan. 

Birinchi portlashdan keyinoq voqea joyidan bir kilometr radiusdagi odamlar imkoni boricha evakuatsiya qilinishga chaqirilgan. Biroq ikkinchi portlashdan keyin gap 6 kmlik radiusdagi aholining majburiy evakuatsiyasi haqida borgan. Ta’kidlanishicha, evakuatsiya umumiy aholisi 60 ming kishigacha yetuvchi 5 ta shaharni qamrab oladi.  

Manba: Kun.uz

Comments are closed.