«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yaponiyada bir tomchi qondan 10 dan ko‘proq turdagi saratonni aniqlash usuli ishlab chiqildi

Ushbu usul saratonning erta bosqichlaridayoq ham samaralidir. Tahlil o‘tkazish uchun bor-yo‘g‘i bir tomchi qon va 2 soatcha vaqt talab etiladi.

Toshiba korporatsiyasi qon orqali saratonni 99 foizlik aniqlik bilan topishga imkon beruvchi onkologik kasalliklarni tashxislash usulini ishlab chiqdi.
 
Ta’kidlanishicha, usul negizida saraton hujayralari qonga ajratuvchi mayda kodlamaydigan RNK molekulalari turlari va miqdorini aniqlash yotadi.

Tahlil o‘tkazish uchun portativ qurilma ishlab chiqildi. Test saratonning 13 turini, jumladan oshqozon, ko‘krak, jigar, qizilo‘ngach, oshqozonosti bezi, ichak, siydik qopi va boshqa saratonlarni aniqlashga imkon beradi.

Kompaniyada zarur sinovlar o‘tkazilgach, bir necha yildan keyin yangi usul keng qo‘llanishiga umid qilinmoqda. 

Manba: Kun.uz

Comments are closed.