«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Turkiya Anqarada S-400 radiolokatsion tizimlarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

Turkiya harbiylari Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarining radiolokatsion tizimlarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma’lumot berishicha, sinovlar 25 noyabrdan boshlanadi va Anqara yaqinida o‘tkaziladi. Buning uchun turli samolyotlar, jumladan F-16 qiruvchisi havoga ko‘tariladi. Tturk mutaxassislari zenit-raketa majmuasi va samolyotlar o‘rtasida aloqa o‘rnatilishini tekshirib ko‘rishmoqchi.

2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiya bilan S-400 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 2,5 mlrd dollarlik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Majmualar shu yilning 12 iyulidan yetkazib berila boshlandi.

Turkiyaning S-400 sotib olishiga AQSh va NATO qarshi chiqmoqda. 

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.