«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

2019-yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani e’lon qilindi

2019-yilda 2018-yilga nisbatan 48 foizga ko‘proq chet elliklar Rossiya fuqaroligini oldi, deb xabar berdi “Vechernyaya Moskva”.

Qayd etilishicha, Rossiya federatsiyasining yangi 285 ming fuqarosidan 146 ming nafari Ukraina fuqarolari, 35 ming nafari Qozog‘iston, 30 ming nafari Tojikiston, 17 ming nafari Armaniston, 14 ming nafari O‘zbekiston, 11,5 ming nafari Moldova fuqarolaridir.

Chet el fuqarolarining ko‘pchiligi Rossiya pasportini Rostov viloyatida (71 ming), Moskva va Moskva viloyatida (mos ravishda 10 va 18 ming), Krasnodar o‘lkasi, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida (har biri 10 mingdan) olgan.

Avvalroq O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Mavzuga doirO‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish xavfi bo‘lgan 1210 kishining ism-familiyasi e’lon qilindi

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.