«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketdi

Qamchiq dovonida Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi boshqaruvning izdan chiqishi oqibatida YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21-noyabr, payshanba kuni soat 11:10 da «Qamchiq» navbatchilik qismiga «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining navbatchi-dispetcheri tomonidan xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, «Toshkent—Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan Turkiya fuqarosi A.X. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining 249-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi tan jarohati olmagan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan nazorat postlari qutqaruvchilari hamda «Qamchiq» qutqaruv otryadidan qutqaruv guruhi yetib borgan.

Yuk mashinasini chuqurdan chiqarib olish uchun «Transyo‘lqurilish» kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, «Qamchiqavtoyo‘l» korxonasidan bitta yuklovchi texnika jalb etilgan.

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.