«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Twitter» yangi funksiyani ishga tushirdi

«Twitter»da foydalanuvchilarning xabarlarga javoblarini yashirish imkonini beradigan funksiya sinovdan o‘tdi va endi butun dunyodagi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma’lum qilindi.

Kompaniya tushuntirishicha, bu funksiya foydalanuvchi tomonidan suhbatlar va hisoblar ustidan nazoratni kuchaytirish va unga muloqot paytida o‘zini xavfsiz va qulay his etishi uchun joriy qilingan.

Endi xizmatning ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchisi o‘z tvitlariga javoblarni yashirishi mumkin. Javoblar kulrang belgi bilan belgilanadi, ularga bosish orqali odamlar mazmuni bilan tanishishlari, «yashirilganlariga» javob berishlari mumkin.

Shunday qilib, yuzerlar endi davom etayotgan suhbatlarni yaxshiroq boshqarish imkoniyatiga egalar, ammo boshqa foydalanuvchilar baribir suhbatni to‘liq ko‘ra oladilar.

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.