O‘zgidromet O‘zbekistonda 23-noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri
Havo o‘zgarib turadi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 2—4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.