«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Narxoz”da o‘qish 5 kunlik bo‘ldi, forma butunlay bekor qilindi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 25-noyabrdan boshlab o‘qish haftasi besh kunlik etib belgilandi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Oliy ta’lim muassasida joriy etilayotgan yangi tartib haqida professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi yig‘ilishda universitet rektori ma’lum qilgan.

Shuningdek, universitetda forma ham butunlay bekor qilingan.

“Endi talabalar o‘qishga istalgan kiyimida kelishi mumkin. Hech kim ularni ko‘ylak kiyishga, galstuk taqishga majburlamaydi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida iqtisodiyot universitetida “katta tozalash” ishlari boshlangani haqida xabar berilgan edi. Universitet rektori Bahodir Hodiyev ishdan olinib, uning o‘rniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratboy Sharipov tayinlandi.


Comments are closed.