«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

BMT yig‘ilishida ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqilgan standart qabul qilindi

BMTning Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi tomonidan 2019-yil 20-noyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda ilk bor O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standart qabul qilindi.

«O‘zstandart» agentligi quritilgan qovun mahsulotiga sifat talablarini belgilovchi ushbu standartni «O‘zbekoziqovqatxolding» XK, mahalliy eksportyor korxonalar mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar ko‘magida ishlab chiqilib,amaliyotda sinaldi hamda shu yilning iyun oyida Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasida ijobiy qabul qilingan edi.

Ushbu standartni ishlab chiqish xalqaro maydonda, jumladan komissiya tarkibidagi AQSh, Germaniya, Turkiya, Eron, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan har tomonlama ijobiy qabul qilindi. 

Bu quritilgan qovun mahsuloti sifatiga asosiy talablarni, yo‘l qo‘yiladigan minimal nuqsonlarni, sinflanishi, tamg‘alash, qadoqlanishi bo‘yicha aniq talablarni belgilab beradigan dunyodagi birinchi xalqaro sifat standarti hisoblanadi.

Quritilgan qovun standartining qabul qilinishi, avvalombor eksport geografiyasini kengaytirishga, yangi jozibador eksportbop mahsulotga aylantirishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar doramadlari oshirishga va yangi ish joylarini yaratishga yordam beradi.

Quritilgan qovunning to‘liq standarti bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manba: Xabar.uz

Comments are closed.