«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Regnum».

Ma’lumotlarga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining portlashi 18-noyabr kuni kunduzi sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda konda 35 kishi ishlayotgandi. «Sinxua» agentligining yozishicha, qutqaruvchilar 18 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan, 15 kishi esa hayotdan ko‘z yumgan. Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ob’yektda qutqaruv-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Comments are closed.