«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qozog‘istonlik daho universitetni 15 yoshida bitirmoqchi

Qozog‘istonlik daho Abzal Mirzash universitetni 15 yoshida bitirmoqchi, deb yozmoqda «Zakon.kz».

Ayni kunlarda butun dunyo belgiyalik to‘qqiz yoshli vunderkind Lorana Simonsning qobiliyatlaridan hayratda. Elektrotexnika mutaxassisligiga o‘qiyotgan Lorana juda tez o‘rganishi bilan odamlarni lol qoldirmoqda.

«Mamlakatimizda ham qobiliyatli bolalar yetarli. KBTU (Qozog‘iston-Britaniya texnika universiteti) uchinchi bosqich talabasi, 14 yoshli Abzal Mirzash shularning biri. Yosh daho asosiy mutaxassislikka qo‘shib bir nechta mutaxassisliklarni o‘rganyapti. Axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan Abzal universitetni bitirishi bilan Massachusets texnologiya instituti magistraturasiga kirmoqchi», — deyiladi Qozog‘iston Respublikasi fan va ta’lim vazirligi bergan xabarda.

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.