«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qarshi tumanida bayram shukuhi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kuning 28 yilligi munosabati bilan Qarshi tumanida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, faxriylar hamda tuman yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri suverenitetining ramzi, timsoli bilan boshqa davlatlarning bayroqlaridan ajralib turishi, yurt farovonligi uchun barchamiz mas’ul ekanligimiz to‘g‘risida ta’kidlandi. Undan so‘ng ma’daniy tadbirga ulanib, tumanimizdagi iqtidorli yoshlar sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdi. Bayram o‘yin-kulguga ulanib ketdi. Barcha yurtdoshlarimizning yuzida quvonch, yurtga bo‘lgan muhabbati, ularning izhori tadbirda namoyon bo‘ldi.

Qarshi tumanida o‘tkazilgan tadbir barcha taklif etilgan mehmonlarga manzur bo‘ldi.

Ma’mura ERGASHOVA,
o‘z muxbirimiz.

Comments are closed.