«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shifokorlar Serbiya prezidenti hayotini saqlab qolishdi

Belgraddagi harbiy-tibbiyot akademiyasi shifokorlari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning hayotini saqlab qolishdi. Bu haqda Serbiya sog‘liqni saqlash vaziri Zlatibor Lonchar ma’lum qildi.  

Vazirning ta’kidlashicha, Vuchichda yurak bilan bog‘liq kichik surunkali muammolar bo‘lgan, biroq 15 noyabrda uning ahvoli jiddiy yomonlashgan va u shifokorlarga murojaat qilgan. 

Shifokorlar Vuchichni ko‘rikdan o‘tkazib, uning hayotini xavf ostida deb baholashgan.

Loncharning ta’kidlashicha, shifokorlar zudlik bilan tegishli choralar ko‘rishgan, prezident organizmi esa davolashga yaxshi javob qaytargan.

Shifokorlar Serbiya prezidentiga to‘liq tiklanib olish uchun yaqin orada kundalik yuklamani kamaytirishni buyurishgan.

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.