«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Rossiya AQSH harbiy bazasini nazoratga oldi

Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolidagi Kobani yaqinidagi aerodromni himoyaga oldi. Bu yerda amerikaliklar tashlab ketgan harbiy baza bor. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Bundan oldin Suriya Hukumat qo‘shinlari Halab viloyati shimolidagi Metras aholi punktidagi aerodrom ustidan nazorat o‘rnatgandi. Aerodromning uchish yo‘lakchasi yonida AQSH harbiy bazasi bo‘lgan. Amerikaliklar bu aerodroimdan o‘z qo‘shinlarini ta’minlashda foydalangan.

Amerika harbiylari bu bazani 13 noyabr kuni tark etdi. Shundan so‘ng, Rossiya harbiylari tezlik bilan bazaga kirib oldi.

Hozirda rossiyalik sapyorlar bazani tekshirib chiqyapti. Ular amerikaliklar bazada o‘zlaridan keyingilar kutilmagan “sovg‘a” qoldirib ketgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.

Amerikaliklar qoldirib ketgan infratuzilma ularning bu yerda uzoq muddat qolishni mo‘ljallaginiga ishora qilgan. Bazada ko‘ngildagidek yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Qayd etilishicha, te orada bu bazada mahalliy aholiga insonparvarlik yordami tarqatish punti ochiladi.

Manbaa: Qalampir.uz

Comments are closed.