«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Odam tanasida yangi noma’lum virus aniqlandi

Xalqaro olimlar guruhi odam fiziologik suyuqligi namunalaridan noma’lum virus tipini aniqlashdi. Yangi tur bakteriofag, ya’ni viruslarga taalluqli bo‘lib, bakteriyalarning mezbon-hujayralari sifatida foydalaniladi. Bu haqda «Phys.org» press-relizida ma’lum qilingan.

Mutaxassislar inson tanasidagi peshob, qon va boshqa suyuqliklarning 111 ta namunasini o‘rganishdi. Ular 43 ta bakteriofag, jumladan, «Tunavirinae» oilasiga mansub yangi turlarini aniqlashdi. Ular antibiotiklarga chidamli infeksiyalardan biri hisoblangan «Escherichia coli» ichak tayoqchasini yuqtiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bakteriofag dorilarga bardoshli genlarni bakteriyalarga yetkazib berib, yashirin patogen tanalar orasida antibiotiklarga chidamlilikni oshiradi. Olimlar fikricha, odamlar tanasida faglarning xilma-xilligi va tarqalishini, shuningdek, viruslarning o‘zaro aloqasini o‘rganish nihoyatda muhim. Bundan tashqari, faglar bakteriyalarning muayyan turlariga hujum qilib, mikroflora muvozanatini izdan chiqarishi va turli kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar faglarning mezbon-hujayrasiz ham atrof-muhitda yashay olishini va dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamlilikni oshirishi mumkinligini aniqlashdi.

Manbaa: Xabar.uz

Comments are closed.