«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasida ilk bor “Ona va bola” xonasi ochildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetda talaba qizlar uchun “Ona va bola xonasi” hamda “Go‘zallik va nafosat” to‘garaklari o‘z ishini boshladi. Mazkur xona talabalar va yosh bolali professor-o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Universiteti xalqaro OTM maqomini qo‘lga kiritish yo‘lida jadal odimlamoqda, bugungi kunda universitetning 50 dan ortiq xalqaro hamkorlari mavjud.

“Bundan tashqari har bir qavatda talabalar uchun dam olish va tamaddi qilish uchun sharoitlar yaratildi. Muzlatkich, mikroto‘lqinli pech va televizor bilan jihozlangan dam olish maskanlari ham talabalar ixtiyoriga topshirildi. Kitobsevar yoshlarimiz uchun kutubxona va kovorking markazidan sevimliroq joy yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Manbaa: Daryo.uz


Comments are closed.