«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Birja orqali sotilayotgan un bo‘yicha tushuntirish berildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birja savdolariga qo‘yilgan un hajmi bo‘yicha tushuntirish berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 oktyabridan 25 oktyabrigacha 6 700 tonna, 28 va 29 oktyabr kunlari 5 801,6 tonna va 30 oktyabr kuni esa 5 796,8 tonna unni birja savdolariga qo‘yish rejalashtirilgan edi.

Narx oshishi tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida, savdo o‘tkaziladigan birinchi haftada savdoga qo‘yiladigan bug‘doy unining hajmini ko‘paytirish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

15-18 oktyabr kunlarida jadvalga muvofiq 26,8 ming tonna un savdoga qo‘yilishi kerak edi, haqiqatda esa kunlar bo‘yicha 37,4 ming tonna bug‘doy uni sotuvga qo‘yilgan. Bundan tashqari, bug‘doy unini uzluksiz yetkazib berish maqsadida 19,26 va 31 oktyabr kunlarida birja savdolariga  qo‘shimcha yana 16,4 ming tonna bug‘doy uni qo‘yilgan.

Birja savdolarining birinchi haftasida savdolarga jadvalda ko‘rsatilgan hajmdan ko‘proq un qo‘yilgani sababli, 23 oktyabrdan 30 oktyabrgacha “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan birja savdolariga qo‘yilgan un xajmi kamroq bo‘lgan va ushbu to‘g‘risida “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan Qo‘mita va birja belgilangan tartibda xabardor qilingan.

Oktyabr oyida birja savdolariga 94,8 ming tonna  bug‘doy uni qo‘yilishi kerak edi, haqiqatda esa 101,6 ming tonna un qo‘yilgan.

Oktyabr oyida unning o‘rtacha narxi 2 480 so‘m/kg teng bo‘lib, o‘z navbatida narxning eng past darajasi 2 402 so‘m/kg va eng yuqori darajasi 2 579 so‘m/kg bo‘lgan.

Joriy yilning 1-12 noyabr kunlarida jadvalga asosan birja savdolariga 137,7 ming tonna un qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 13 noyabr holatiga unning o‘rtacha narxi 2 482 so‘m/kg, uning eng past darajasi 2 431 so‘m/kg va eng yuqori darajasi 2 512 so‘m/kg tashkil qilgan.

Birja savolariga qo‘yilgan bug‘doy unini oktyabr-noyabr oylaridagi narxlari taqqoslansa, ularning past va yuqori darajalari o‘rtasidagi tafovut oktyabr oyida 177 so‘m/kg va noyabr oyida 30 so‘m/kg bo‘lgan. Bildirilishicha, birja savdolari orqali sotilayotgan bug‘doy unining narxi deyarli bir xil.

Manbaa: Kun.uz

Comments are closed.