«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentda 2200 dollarga qalbaki diplom sotayotgan xalq ta’limi bo‘limi xodimi ushlandi

Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar, Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari J.N. fuqaro N.T.ga “Sherobod Agrosanoat kasb-hunar kolleji”ni 2007—2010-yillarda o‘qib tamomlaganligi haqidagi qalbaki diplomni 2 200 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: daryo.uz

Comments are closed.