«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekiston Tokio Paralimpiadasiga yana ikkita litsenziya qo‘lga kiritdi

BAAning Dubay shahrida davom etayotgan para-atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bu vaqtda O‘zbekiston terma jamoasining yana ikki nafar vakili — Temurbek G‘iyozov hamda Husniddin Norbekov JCh medali qatori kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini naqd qildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, balandlikka sakrash bo‘yicha T64 toifasida Temurbek 1.99 metr natija bilan jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Husniddin Norbekov esa yadro uloqtirish bo‘yicha F35 klassida 17.32 metr natija qayd etib, o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon rekordini yangiladi. Ishtirokchilar orasida hech bir sportchi hamyurtimizning ushbu natijasiga yaqin kela olmadi. Shu tariqa Norbekov jahon rekordini ham rasmiylashtirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, ushbu natija bilan hamyurtlarimizning Tokio Paralimpiadasiga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni o‘n to‘rttaga yetdi. Mazkur natijadan keyin delegatsiya hisobidagi medallar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil qilmoqda. Bu esa umumjamoa hisobida yettinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga sabab bo‘lib turibdi.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.