«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Mahalliylashtirilgan sportchi o‘zbek sporti tarixida ilk bor beshkurashda Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritdi

Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu turnirda sportimiz tarixida ilk bor zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada terma jamoa mamlakatlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi va bu delegatsiyamiz uchun Olimpiya o‘yinlariga bitta litsenziya taqdim qildi.

Musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

1. Janubiy Koreya
2. Yaponiya
3. O‘zbekiston
4. Xitoy
5. Qozog‘iston

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan o‘n ikkinchi litsenziya bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: joriy yilning avgust oyi oxirlarida rossiyalik beshkurashchilar Aleksandr Savkin va Alise Faxrutdinova xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan qatnasha boshlashi xabar berilgandi.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.