«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yaponiya O‘zbekistonga temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirishga ko‘mak beradi

Transport vazirligida Yaponiya xorijiy temir yo‘l tizimlari assotsiatsiyasi (JORSA) ijrochi direktori T.Murasaki boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatning tegishli tashkilot va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston bozor imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurgan ushbu delegatsiya tarkibidan Hitachi Rail Europe, Kyosan Electric Mfg, Mitsubishi Electric Corp., The Nippon Signal, Toshiba International, Marubeni, Mitsui, Sojitz, Sumitomo kabi Yaponiyaning eng yirik kompaniyalari vakillari o‘rin olgan. 

Uchrashuvda transport tizimi, xususan, temir yo‘l transporti sohasida istiqbolli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Bunda Yaponiya tomoni o‘zining eng ilg‘or texnologiyalari bilan ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.