«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Test savollari tuziladigan darsliklar ro‘yxati ma’lum qilindi

Davlat test markazi 2019-2020-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida tuzilgan.

Darsliklar ro‘yxatini quyidagi manzil orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda bilish mumkin:

https://dtm.uz/info/textbooks

2020-2021 o‘quv yili uchun kelasi yilda bo‘ladigan test sinovlarida savollar ushbu darsliklardan shakllantiriladi.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.