«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bozorlar atrofida to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarligini avtomatik aniqlash tizimi o‘rnatiladi

O‘zbekistonda bozorlar atrofida to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarligini avtomatik ravishda aniqlash tizimi o‘rnatiladi. Bu haqda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish va IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, yo‘l va ko‘chalarda tirbandliklarni oldini olish, transport vositalarining to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlash mo‘ljallanmoqda.

Bunda Toshkent shahri va viloyat markazlarida transport vositalarining harakatlanish jadalligi yuqori bo‘lgan yo‘l va ko‘chalarda, shuningdek bozorlar atrofida to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarligini avtomatik ravishda aniqlash tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu tizimni IIV DYHXXning “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish ham nazarda tutilgan.

Ijro muddati — 2020-2022 yillar, mas’ul ijrochilar — QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV.

Comments are closed.