«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

A Seriya. “Yuventus” “Milan”ni mag‘lub etib, peshqadamlikni “Inter”dan qaytarib oldi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.

Turinda “Yuventus” “Milan”ni qabul qilib, Paulo Dibalaning 77-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga uch ochkoli bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng turinliklarning ochkosi 32 taga yetdi va jamoa 31 ochkoga “Inter”ni quvib o‘tib yana A Seriya peshqadamiga aylandi. Milanliklar esa 13 ochko bilan 14-o‘rinni band etib turibdi.

Manba:Daryo.uz


Comments are closed.