«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Eronda kuchli zilzila va bir nechta aftershok yuz berdi

AQSh geologik xizmati Eronda 8 noyabrga o‘tar kechasi 5,9 magnitudali zilzila va bir nechta afteshkor yuz berganini qayd qildi.  

Zilzila Sharqiy Ozarboyjon viloyatida 60 km chuqurlikda qayd qilingan. Ta’kidlanishicha, birinchi zilziladan keyin 4,1 dan 4,8 gacha magnitudali bir nechta aftershok yuz bergan.

Tabiiy ofat oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jabrlangan.

Mutasaddi idoralarning ma’lum qilishicha, voqea joyiga 8 ta qutqaruv jamoasi jo‘natilgan.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.