«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AQSh fuqarosi Samarqanddagi kompaniyaning 23 foiz aksiyasini sotib oldi

AQSh fuqarosi Albert Binyaminov “Samarqand burg‘u asbobi” AJning 214146 dona aksiyasini sotib oldi. Aksiyalar paketi jami aksiyalarning 23,452 foiziini tashkil qiladi. Bu haqda “Toshkent” fond birjasi saytida ma’lumot berilgan.

Binyaminov 2018-yilning yanvar oyida ham mazkur kompaniyaning 107634 dona aksiyasini sotib olgan.

Kompaniya aksiyalarining 38 foiz “Temir beton 2004” MChJga, 25,28 foizi to‘rt nafar Qozog‘iston fuqarosiga tegishli. 21,7 foiz aksiya esa 140 nafar jismoniy shaxsga tegishli.

“Samarqand burg‘u asbobi” AJ foydali qazilmalarni qazib olish va qidirish, tunnellar va gidrotexnika inshootlarini qurishda teshiklarni va quduqlarni burg‘ulash uchun karbidli burg‘ulash bitlarini ishlab chiqaradi.

Manba:Daryo.uz


Comments are closed.